1998 yilning 10 noyabr
"Mamlakatda sog‘liqni saqlash tizimini yanada isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va malakali kadrlar bilan butlangan shoshilinch tibbiy yordam berishning zamonaviy, yuqori texnologik va samarali tizimini shakllantirish; shoshilinch tibbiyot sohasida ilmiy, metodologik va ta’lim salohiyatini har tomonlama rivojlantirish, ushbu maqsadlarda xalqaro hamkorlikni kengaytirish hamda tez tibbiy yordamning respublika xizmatlari faoliyatiga ilg‘or texnologiyalarni va ish uslublarini joriy etish; shoshilinch tibbiy yordam tizimida aholi orasida o‘lim va nogironlikni pasaytirishga yo‘naltirilgan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalarini, diagnostika vositalari va usullarini, birlamchi tibbiy-sanitariya yordamni va kechiktirib bo‘lmaydigan holatlarni davolashni keng qo‘llash;"
"Shoshilinch tibbiyot sohasida profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalarini kuchaytirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, tavsiyalarni ishlab chiqish va amalga oshirish; zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarining boshqa vazirliklar va idoralarning shoshilinch xizmatlari bilan tezkor o‘zaro hamkorligining samarali mexanizmlarini joriy etish; shoshilinch tibbiy yordam sohasida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish."
"Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (RShTYoIM) hamda respublika sanitar aviasiyasi va Toshkent shahrining “103” tez tibbiy yordam xizmati ShTYoXning bosh muassasasi bo‘lib xisoblanadi. Shuningdek ushbu tizimga RShTYoIMning 12 ta hududiy filiallari kiritilgan bo‘lib, ular Qoraqalpog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston viloyatlari aholisiga ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadilar. Mamlakatning 172 aholi puntlarida RShTYoIMning subfiliallari, ya'ni tuman tibbiyot birlashmalari qoshidagi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limlari tashkil qilingan va u yerda malakali shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Tizimning sanab o‘tilgan stasionar tuzilmalaridan tashqari unga “103” tez tibbiy yordam xizmati, sanitar aviasiya va favqulotda vaziyatlarda aholini tibbiy ta'minlash bo‘linmalari ham kiritilgan. Markaz shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatadi, va shu yordamga kun davomida barcha zarur tashxis tekshiruvlar kiradi. RShTYoIMda 2300 dan ortiq kishi, shulardan 457 shifokor, 1079 hamshira, 520 kichik tibbiy xodim va boshka xodimlar 328ta ishlaydi. RShTYoIMda 25 nafar fan doktorlari hamda 72 nafar fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. RShTYoIM va uning viloyat filiallarining o‘ziga xos markaziy tashkiliy tuzilmalaridan biri – bu qabul-tashxis bo‘limidir. Uning boshqa stasionarlarning qabul bo‘limlaridan farqi shundaki, bu bo‘limda odatdagi vazifalardan tashqari bemorlarni saralash amalga oshirilib, travmatologik, neyroxirurgik, xirurgik, reanimasiya va boshqa davolash-diagnostika amaliyotlarning birinchi navbatda bajarilishi zarurligi aniqlanib, bemor yotqaziladigan bo‘lim yo‘nalishi belgilanadi.
Факультеты | 0 |
Количество профессоров и преподавателей | 0 |
Студенты | 0 |
Бакалавриат | 0 |
Магистратура | 0 |
Административный персонал | 0 |
Старшие научные сотрудники | 0 |
Младшие научные сотрудники | 0 |
Лаборанты | 0 |
Инженеры и техники | 0 |
Члены Ученого совета | 0 |
Kurslar | Бюджет государства | На договорной основе | Всего |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |
3-kurs | 0 | 0 | 0 |
4-kurs | 0 | 0 | 0 |
5-kurs | 0 | 0 | 0 |
6-kurs | 0 | 0 | 0 |
7-kurs | 0 | 0 | 0 |
Kurslar | Бюджет государства | На договорной основе | Всего |
---|---|---|---|
1-kurs | 0 | 0 | 0 |
2-kurs | 0 | 0 | 0 |