Urganch filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 2 iyundagi PQ-91 son «Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining 2005 yil 14 iyundagi 130-son »Oliy ta'lim muassasalari filiallari to‘g‘risidagi namunaviy Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘i hamda O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2005 yil 21 iyul' 07-8/2015-son taqdimnomasini amalga oshirish maqsadida 2005 yil 23 iyuldan Urganch shahrida Toshkent axborot texnologiyalari universitetining mintaqaviy filiali sifatida tashkil etilgan.
Filial tarkibida bitta «Komp'yuter injiniringi» va «Telekommunikasiya texnologiyalari» fakul'tetlari faoliyat yuritmoqda. Ularda 75 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga ta'lim-tarbiya berib kelmoqdalar.