Qarshi universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurti. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan, 1992-yil 15-martda Qarshi pedagogika instituti (1956-yilda asos solingan) negizida Qarshi shahrida tashkil etilgan.
Universitetda 13 ft (mat. va axborot texnologiyalari, fizika, kimyogeogr., iqtisodiyot, biol.tuproqshunoslik, kasbiy ta'lim, tarix va o‘zbek filol.si, xorijiy tillar, ped.psixologiya, jismoniy madaniyat, sirtqi ta'lim, maxsus sirtqi ta'lim, malaka oshirish), 53 kafedra, 16 o‘quv laboratoriya, 5 ilmiy laboratoriya, 8 ilmiy markaz, "Yoshlar markazi", xalqaro aloqalar bo‘limi, kutubxona (550 mingdan ortiq asar), bosmaxona bor (2005).