O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 maydagi “Samarqand shahrida Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti federal davlat byudjeti oliy ta'lim muassasasining filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4311-sonli qarori bilan Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filiali tashkil qilinib, 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab mazkur oliy ta'lim muassasasiga 6 ta sport ta'lim yo‘nalishiga talabalar o‘qishga qabul qilinadi.