Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot instituti 1932 yilda tashkil topgan. Mustaqillik davrida institut ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminaralar, uslubiy qoʼllanma va monografiyalarni chop etish, ochiq operatsiyalar oʼtkazish orqali travmatologiya va ortopediyaga oid kasalliklariga tashhis qoʼyishda va ularni daʼvolashda yangi uslublarni ishlab chiqish va amalga oshirishga koʼproq eʼtibor qaratildi. Oxirgi 20 yil ichida Oʼzbekiston travmatolog-ortopedlar uchun 7 ta amaliy konferentsiya va 3 sʼezd oʼtkazildi.
Institutda qoʼyidagi boʼlimlar mavjud: kattalar ortopediyasi boʼlimi, kattalar jarrohati boʼlimi, kompression-distraktsion osteosintez boʼlimi, bolalar ortopediyasi boʼlimi, oʼsmirlar ortopediyasi boʼlimi ,bolalar jarohati boʼlimi, sportdan shikastlanish boʼlimi, reanimatsiya boʼlimi, rentgen-laboratoriya boʼlimi, maslahat poliklinikasi, fizioterapiya boʼlim