Tashkil topgan sana
Tashkilotning maqsadi
Inno texnoparki hududi bir nechta maydonlarga bo`lingan bo`lib, unda turli loyihalarni amalga oshirish uchun barcha sharoitlar mavjud. Texnopark 1- qavati 4 qismga bo`lingan bo`lib, unda ishlab chiqarish zo`nasi, Biotexnologik laboratotiya, Standartlashtirish laboratoriyasi, Elektronika va robototexnika xonalari mavjud. Shuningdek texnoparkda startap egalari uchun ofislar, covorking zonalari, seminer va treninglar o`tkazish uchun xonalar, konferens zallari, oshxona va fitness zali mavjud.
Tashkilotning vazifasi
Bu yerda siz startap kompaniyangizni yanada osonroq rivojlantirishingiz, texnologiyalar sohasida ish olib borayotgan va tajribaga ega insonlar bilan tanishishingiz, ular bilan tajriba va bilim almashishingiz mumkin Eng so’ngi rusumdagi texnologiyalar bilan jihozlangan. INNO texnoparkida siz o’z startapingizni qiyinchiliklarsiz rivojlantirishingiz, g’oyalaringizni to’liq amaliyotga qo’yishingiz mumkin.
Har bir innovator uchun bizda individual yondashuv va takliflar mavjud! Keling va o’z loyihangizni INNO texnoparki bilan birgalikda rivojlantiring Yosh ixtirochilarga eshigimiz doimo ochiq.
Qisqacha tarif
Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyxatdan oʻtgan yuridik shaxslar INNO Texnopark rezidenti maqomga, shuningdek soliq toʻlashdan ozod qilinib, bir qator imtiyozlarga ega boʻlishadi.