Birlashgan Millatlar tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) (ingl. FoodandAgricultureOrganization, FAO) — asosiy vazifasi ochlikka qarshi kurashish bo'lgan BMT tashkiloti. FAO rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi siyosiy qarorlarni teng asosda muhokama qiladigan va muvofiqlashtiradigan forum sifatida namoyon bo'ladi.
Bundan tashqari, FAO axborot manbai bo'lib xizmat qiladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga qishloq xo'jaligi, o'rmonchilik va baliqchilik amaliyotini takomillashtirishda ko'maklashadi hamda barcha uchun sog'lom ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga intiladi. Tashkilotning lotin tilidagi shiori - "Fiatpanis" - "Non bo'lsin" deb tarjima qilinadi. 2018 yilning avgust holati bo'yicha FAOda Evropa Ittifoqi (a'zo tashkilot), Niue va Kuk orollari (Yangi Zelandiya bilan erkin uyushmadagi davlatlar), shuningdek, assotsiatsiya qilingan a'zolar hisoblangan Farer orollari va ni qqo'shgan holda 197 ta a'zo davlatlar mavjud.
Faoliyatning ustuvor yo'nalishlari
FAO faoliyati qishloq xo'jaligini rivojlantirish, oziqlanishni yaxshilash va faol va sog'lom hayot uchun zarur bo'lgan barchaga va har doim ovqatlanish imkonining mavjudligi —oziq- ovqat xavfsizligi muammosini hal qilish orqali dunyodagi qashshoqlik va ochlik muammosining keskinligini kamaytirishga qaratilgan. FAO neytral forum, shuningdek bilim va axborot manbai sifatida harakat qiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlar va o'tish davridagi mamlakatlarga qishloq xo'jaligi, o'rmon xo'jaligi va baliqchilikni modernizatsiya qilish va takomillashtirishga yordam beradi.
FAO tashkilotning bilim, ko'nikma va tajribasini yanada samarali qo'llashi va safarbar qilishi mumkin bo'lgan beshta ustuvor yo'nalishni belgilab oldi
Tuzilmasi
Har ikki yilda a'zo davlatlarning vakillari global siyosiy masalalar va xalqaro rama tuzilmalarni ko'rib chiqish, shuningdek, kelgusi ikki yil uchun byudjet yakunlarini chiqarish va tasdiqlash uchun FAO konferentsiyasiga to'planishadi. Tashkilotning dasturi va byudjet faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish uchun Konferentsiya ishtirokchilari Kengash a'zolarini uch yillik vakolat muddatiga saylaydi. Konferentsiya ishtirokchilari Bosh direktorni bir marta qayta saylash huquqiga ega bo'lgan to'rt yillik vakolat muddatiga saylaydi. Bosh direktor Tsyuy Dun'yuy 2023 yilning 31 iyuliga qadar muddatda 2019 yilning 1 avgust kuni o'z vazifalarini bajarishga kirishdi.
Departamentlar:
Bo'linmalarning xalqaro tarmog'i
FAO markazlashmagan tarmog'i beshta mintaqaviy, o'nta submintaqaviy va 85 ta to'laqonli davlat bo'linmalari (mintaqaviy va submintaqaviy bo'linmalarda joylashganlaridan tashqari)ni o'z ichiga oladi, ulardan oltitasi hamkorlik va aloqalar bo'yicha byuro, 37 ta mamlakat bir necha akkreditatsiyalarga ega, 1 ta dasturiy bo'linma, 4 ta milliy muxbir, 6 ta aloqa bo'yicha byuro, 2 ta axborot bo'linmalari va 2 ta vakillikliknring boshqa turlarini o'z ichiga oladi.