“Ilmiy maqolalarning milliy iqtibos indeksini va ilmiy nashrlarning bibliografik maʼlumotlar bazasini o‘z ichiga olgan elektron platforma yaratish” mavzusidagi innovatsion loyiha doirasida ilmiy xodimlarni ilmiy natijalarini chop etishdagi muammolari platforma orqali istalgan jurnalga onlayn jo‘natish orqali hal etildi. Buning yana bir afzalligi shundaki foydalanuvchilar o‘zlarning ilmiy sohalariga tegishli bo‘lgan ilmiy jurnallarni osongina topib olishlari va qulay tarzda maqola topshirish imkoniga ega bo‘lishadi.
Mazkur loyiha doirasida yaratilgan elektron platformada foydalanuvchilarni shaxsiy kabinetlarida ular tomonidan chop etilgan ilmiy ishlarni partfoliosi tashkil etilganligi ularning ilmiy ishlarini qulay tarzda arxivi va reyestrini yuritishga ko‘mak beradi. Bundan tashqari ilmiy xodimning ilmiy natijalariga qiziqishlar va o‘quvchilar sonini ko‘rib borishlari hamda shu orqali hamkorlikda yangi ilmiy natijalarga erishishiga ko‘maklashuvchi vosita sifatida xizmat qiladi.
Hozirgi vaqtda tizimda qayta ishlanishi mumkin bo‘lgan maʼlumotlarning hajmi 100 dan ortiq ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy o‘quv yurtlariga qarashli 190 dan ortiq ilmiy jurnallarni, 10000 dan ortiq ilmiy nashrlarning faol mualliflarini qamrab oladi.
Tizimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: