Sirdaryo yoshlar tenoparki

Sirdaryo yoshlar tenoparki
Hudud:
Sirdaryo viloyati
Manzil:
Guliston shahri, 4-mavze Guliston ko'chasi, 1-uy
Indeks:
120100
Telefon:
+998 (99) 796-77-21
E-Mail:
Web-sayt:

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.05.2020 yildagi 313-sonli “Respublika hududlarida yoshlar texnoparklarini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida” qaroriga muvofiq Sirdaryo yoshlar texnoparki 2022 yil 1 sentabrda tashkil topgan.

Texnopark bino va inshootlarini qurish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek, zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hisobidan amalga oshirildi.

Tashkilotning vazifalari

Sirdaryo Yoshlar Texnoparklar faoliyatining asosiy vazifalari:

Sirdaryo viloyati Yoshlar Texnoparki yoshlarning tahliliy fikrlash, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning oʼz intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish;

Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududlarning innovatsion salohiyatini oshirish;

Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, shuningdek, hududlarni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan taʼminlash maqsadida ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish;

Iqtidorli yoshlarni rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish tashkilotlarida malaka oshirishlariga koʼmaklashish;

Yetakchi kompaniyalar vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni, shuningdek, yoshlarda amaliy koʼnikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yoʼlga qoʼyish maqsadida ilmiy-texnik konferentsiya, seminar, oʼquv kurslari va treninglar tashkil etish;

Iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yoʼnalishlar boʼyicha loyihalarni saralash hamda Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan eʼlon qilib boriladigan tanlovlarga yoʼnaltirish;

Ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarini amaliyotga joriy etish maqsadida oliy taʼlim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-oʼqituvchi va talabalarini jalb qilish.

 Tashkilotning funktsiyalari

Texnopark Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi muassisligidagi hamda masʼuliyati cheklangan jamiyat shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi

Texnopark faoliyati Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi tomonidan muvofiqlashtiriladi;

Texnoparkning eksterritorialligi joylashgan hudud doirasida nazarda tutiladi va bunda amalga oshiriladigan loyihalarning ilmiy, texnologik va iqtisodiy maqsadga muvofiqligi hisobga olinib, ularning rezidentlari tegishlicha Qoraqalpogʼiston Respublikasi hamda viloyatlarda joylashtiriladi;

Texnopark rezidenti maqomini berish toʼgʼrisida qaror qabul qilish va keyinchalik ularni roʼyxatdan oʼtkazish Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar

Sirdaryo Yoshlar Texnoparki ilmiy izlanuvchan yoshlar uchun koʼplab dasturlar va imkoniyatlar yaratilgan boʼlib, hozirda “Inkubatsiya dasturi doirasida “Technoways busniess incubator” va “InnoX” darslari yoʼlga qoʼyilgan. “Technoways business incubator” dasturi asosida 200 dan oshiq yoshlarni innovatsion startap loyihalarni koʼrib chiqilib, eng yaxshi loyihalar tanlab olinib, ushbu dastur asosida oʼqitildi. “InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish boʼyicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Sirdaryo Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubatsiya dasturi ishga tusharildi. “InnoX” biznes inkubatsiya dasturi doirasida 250 dan ortiq iqtidorli yoshlar roʼyhatga olindi.Shulardan eng yaxshi, innovatsion loyhalardan 25 tasi saralab olindi. Dastur 3 oy davom etib, darslar davomida oʼquvchilar malakali va tajribali mentor va spikerlar tomonidan tahsil olishdi. Dastur yakunida eng yaxshi innovatsion loyha egalari Texnopark tomonidan sertifikat va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Hozirda bu dastur bitiruvchilari koʼplab loyihalar tanlovida muvaffaqqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.

Texnoparkda ishlab chiqarish sohasida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. “FabLab” ishlab chiqarish laboratoriyasi tashkil etilgan. Hozirda lazer apparati yordamida turli xil buyumlar ishlab chiqarish yoʼlga qoʼyilgan. Bu yoʼnalish boʼyicha qator hamkorliklar amalga oshirilgan boʼlib, kichik korxonalar, davlat tashkilotlari va xalqimiz uchun xizmat qilib kelmoqda.

“GRАNT” kurslar loyihasi.Hozirgi kunda yoshlarni ilmiy salohiyatga keng jalb qilish va boʼsh vaqtini mazmunli oʼtkazish maqsadida tashkil etilgan. Bu kurslar davomida IT va robototexnika, mexatronikaga qiziquvchi 60 dan ortiq yoshlarga bepul taʼlim olib kelmoqda.Hozirgi kunda robototexnika kursida yoshlar oʼzlari orzu qilgan robotlarini yasashni oʼrganishmoqda. Texnoparkda bu uchun zarur sharoitlar yaratilgan boʼlib, darslar amaliy va nazariy tarzda oʼtib boriladi.

Texnopark tomonidan ham bir qator loyihalar ishlab chiqilgan boʼlib, baʼzilari sinov tariqasida ishga ham tushirilgan. “MY COMPANY”, “Inagro”, “Castle academy” kabi platformalar yaratilgan. Hozirda “MY COMPANY” platformasi Sirdaryo viloyati hokimligi boshqaruv tizimiga ham joriy etilgan. Bu platforma orqali hodimlarni boshqarish, topshiriqlar berish, hisobotlar yozish va ish samaradorligini aniqlashga erishish mumkin. Bu platformadan texnopark hodimlari ham foydalanib kelmoqda. Platformadan foydalanish orqali ish samaradorligini oshirish va vaqtni tejab qolish mumkin.

Hozirgi kunda Texnoparkda qator xalqaro aloqalar ham yoʼlga qoʼyilgan. Xususan, Xitoyning “SuperMap” kompaniyasi, Turkiyaning “TIKА” agentli shular jumlasidandur. Xitoyning “SuperMap” kompaniyasi filialini texnoparkda ochilish marosimi boʼlib oʼtdi. Hozirgi kunda bu kompaniya bilan hamkorlik aloqalari olib borilmoqda.