Ohangaron yoshlar texnoparki

Ohangaron yoshlar texnoparki
Hudud:
Toshkent viloyati
Manzil:
Ohangaron shahar, Amir Temur ko'chasi, 14-uy
Indeks:
110300
Telefon:
+998 (99) 008-10-06
E-Mail:
Web-sayt:

Toshkent viloyati Yoshlar  Texnoparki  O`zbekiston Respublikasi Vazirlar  Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi “Respublika hududlarida Yoshlar Texnoparkini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida”gi 313-son qaroriga muvofiq tashkil etildi .

Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki 17.02.2021 kuni tantanali ravishda  O`zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o`rinbosari O.Tuychiyev va Toshkent viloyati hokimi D.Xidoyatov tomonidan tantanali ravishda ochib berildi .Ushbu texnopark yurtimizdagi barcha sohalarni rivojlantirish uchun yo`naltirilgan innovatison g`oya va ishlanmalarni hayotga tatbiq etishda ma`sul  tashkilot hisoblanadi . Toshkent viloyati Yoshlar texnoparkining umumiy yer maydoni 1.95 gektar .

Tashkilotning vazifalari:

 Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ta’lim muassasalari, ilmiy tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni intellektual, ilmiy, ijodiy salohiyatini oshirish;

Viloyatda yoshlarning tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish; Yoshlarning “startap” loyihalarini rivojlantirish va ularni amalga oshirish uchun yagona maydon tashkil etish orqali hududning innovatsion salohiyatini oshirish; Iqtidorli yoshlar tomonidan taklif etilgan dolzarb yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalarni saralash hamda O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  tomonidan mavzuga oid grantlar berish yuzasidan e’lon qilib boriladigan tanlovlarga yo‘naltirish; Ilmiy-texnik, innovatsion hamda “startap” loyihalarni amaliyotga joriy etish maqsadida oliy ta’lim muassasalarining ilmiy xodimlari, professor-o‘qituvchi va talabalarini jalb qilish.

Tashkilotning funksiyalari:

Toshkent viloyati yoshlarining tahliliy fikrlashi, ularni ilmiy-tadqiqot va innovatsion  faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va  innovatsion  ruhda ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlarga ega viloyatimizdagi yagona Markaz tashkil etish; Innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi zamonaviy talablarga javob beradigan malakali  kadrlarni tayyorlash, shuningdek, viloyatimizni sifatli, yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlar bilan ta’minlash maqsadida ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini chuqurlashtirish; Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va  ishlab chiqarish tashkilotlaridagi loyihalarning transferini Yoshlar texnoparki orqali amalga oshirish; Texnoparkda viloyatimizdagi innovatsion  faoliyat bilan shug‘ullanuvchi yetakchi tadbirkorlik sub`ektlari vakillari, malakali mutaxassislar va ekspertlar ishtirokida treninglar va master-klasslarni,  shuningdek, yoshlarda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va ishlab chiqaruvchilar bilan innovatsion-korporativ aloqalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida ilmiy-texnik konferensiya, seminar, o‘quv kurslari va treninglar tashkil etish; Hozirgi kunda juda ham muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va mahalliy mehnat bozori uchun ancha talab katta bo‘lgan zamonaviy kasblarga mahalliy yoshlarni o‘rgatish.

 Tashkilot tomonidan amalga oshirilgan ishlar:

2021-2023 yillar davomida 3000 dan ortiq yoshlar qamrab olindi va 2023 yilning shu kuniga qadar 800 dan ortiq yoshlar jalb qilinib, Yoshlar texnoparikda tashkil etilgan 5 turdagi o‘quv kurslarida ta’lim olish bo‘yicha grant tanlovlari e’lon qilindi. “Mental arifmetika” o‘quv kursi tashkil etildi.Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki binosida “Yosh innovatorlar forumi” o‘tkazildi, Ohangaron tumanida amalga oshirilayotgan startap loyihalari ko‘rgazmasi tashkil etilib 300 nafardan ortiq yoshlar qamrab olindi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 6-iyuldagi PF-165 sonli farmoniga binoan “Aqlli ta’lim” yo‘nalishi bo‘yicha Ohangaron tumanidagi 12-o‘rta maktabda “Interaktiv ta’lim VR”  va “Supervisor” dastur loyihalari taqdim etildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha “Kimyo fani labaratoriyasini virtual reallik asosida o‘rgatuvchi dastur” loyihasi  tumandagi 12-umumta’lim maktabiga 250,0 mln so‘mga sotilib kimyo fani labaratoriyasiga joriy qilindi.Ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsadida “Elektron poliklinika” va “Tez tibbiy yordam” platformasi yaratildi va etender.uzex.uz da yutib olindi.  Ohangaron shahridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada test rejimida o‘z faoliyatini boshladi.Loyiha   50.000.000 mln.so‘m    va  65.500.000 mln. so‘m ni tashkil etadi.

 Eron Islom Respublikasining “Amnpardor Soft Corparation”korxonasi va yurtimizning “Voltauto” ooo korhonalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.Ohangaron shahridagi band bo‘lmagan aholini kasblarga o‘qitish maqsadida Ohangaron shahar aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan 40 mln.so‘mlik shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra 100 nafar ayollar va yoshlarga Kompyuter operatorligi bo‘yicha dars mashg‘ulotlari olib borilmoqda.Ohangaron shahar hokimyati va Yoshlar ishlari agentligi Ohangaron shahar bo‘linmasi tamonidan 50 mln.so‘mlik memorandum imzolandi. Unga ko‘ra zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga o‘qish istagida bo‘lgan 19 nafar yoshlarning o‘qish harajatlari qoplab berildi.

“Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki” va “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Innovatsion injiniring tajriba xonasi tashkil etilib, Toshkent viloyati Yoshlar texnoparki Olmaliq fililali o‘z faoliyatini boshladi. Filial talabalari uchun kompyuter savodxonligi va 3D modellashtirish yo‘nalishlarida o‘quv kurslari tashkil etildi.

Yoshlar Texnoparki jamoasi a’zolari Mirzo Ulug‘bek vorislari Respublika tanlovining Ohangaron shahar bosqichida Xatamqulov Ahliddin, Yulchiyev Sarvar, Zabaydullina Karina, Xusniddinov Shahobiddin o‘z loyihasi bilan ishtirok etib g‘olib bo‘ldi va viloyat bosqichiga o‘tdi. Yulchiyev Sarvar va Zabaydullina Karina Respublika bosqichida g‘olib bo‘lib sertifikat hamda Toshkent shahar INNO Texnoparkda 3 oy bepul foydalanish uchun sertifikat bilan taqdirlandi.

“InnoX” biznes-inkubator dasturini tashkil etish bo‘yicha tasdiqlangan nizomga muvofiq Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparkida “InnoX” biznes-inkubator dasturi ishga tushirildi.Dasturda ishtirok etish uchun jami 40 ta  startap loyiha tashabbuskorlari ariza bilan murojaat qilgan bo‘lib, maslahat kengashi tomonidan startap loyihalarini nizom talablari asosida saralab olish hamda baholash jarayoni olib borildi va 25 nafar startaplar saralab olinib mashg‘ulotlarga jalb qilindi. Dastur davomida ishtirokchilar uchun taniqli tadbirkor,mentor “MFaktor” asoschisi Xusan Mamasaidov tamonidan “Muvaffaqiyatli biznes qurish”, “Biznesda muvaffaqiyat va mag‘lubiyat omillari”mavzusida seminar tashkil etildi. Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan "InnoX" biznes inkubatori qatnashchilari bilan 3 oy davom etgan dasturni tamomlab "Demo day" loyihalar taqdimotini o‘tkazildi.“Demo day” tadbiri davomida 15 dan ortiq qatnashchilari o‘z loyihalari taqdimotlari va "MVP" lari bilan qatnashdilar. "Demo day" yakuniga ko‘ra "InnoX" biznes inkubatori qatnashchilarining startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida  5 nafar ishtirokchi 1-o‘ringa 10 mln.so‘m,2-o‘ringa 8 mln.so‘m,3-4-o‘ringa 5 mln.so‘mdan 5-o‘ringa 1 mln.so‘m miqdorida pul mukofotlari topshirildi.10 dan ortiq "MVP" lariga ega bo‘lgan loyihalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan Grant tanlovlarga yo‘naltirildi.

Toshkent viloyati Yoshlar Texnoparki hamda Qoraqalpoqiston Respublikasi Nukus Yoshlar texnoparki direktori Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Rivojlanayotgan mamlakatlar uchun ilmiy va texnologik innovatsiyalar va integratsiya bo‘yicha seminar” da ishtirok etishdi.Seminar ishtirokchilari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib, Fuchjou va Xi’an shaharlaridagi turli innovatsion va texnologik  tashkilotlarga tashrif buyurdi.Ishtirokchilar ushbu tashkilotlardagi innovatsion infratuzilmalar, zamonaviy texnologiyalar, sun’iy intellektga asoslangan mahsulotlar, shaharlarga aqlli texnologiyalarni joriy qilinishi kabi texnologiyalari bilan tanishishdi.Xalqaro kompaniyalar bilan malaka oshirish va tajriba almashishga kelishib olindi.Yoshlar texnoparki direktorlari mazkur seminarni muvaffaqiyatli tamomlab, Xitoy Xalq Respublikasining Savdo vazirligi tomonidan ta’sis etilgan sertifikatlarni qabul qilib oldilar.

Zamonaviy talablarga javob beradigan malakali kadrlarni tayyorlash, innovatsion faoliyatga keng jalb etish, iqtidorli, tashabbuskor yoshlarning o‘z intellektual salohiyatini namoyon qilishi va ijtimoiy moslashuvi uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida “Zamonaviy kasblarni bepul o‘rganing” loyihasi amalga oshirilmoqda. 800 nafar yoshlar mazkur loyihaning 2-3-mavsumi uchun  qabul qiliniib xil yo‘nalishlarda tashkil etilgan bepul o‘quv kurslariga jalb qilindi.