Yashnabod Texnopark

Yashnabod Texnopark
Hudud:
Toshkent shahar
Manzil:
Toshkent sh. Yashnabod tumani, Elbek k. 61uy
Indeks:
100073
Telefon:
+998712102020
E-Mail:
Web-sayt:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyundagi “Toshkent shahrining Yashnobod tumanida innovatsiya texnoparkini tashkil qilish toʻgʻrisida”gi 5068-sonli Farmoni bilan “Yashnobod” innovatsion texnoparki tashkil etilgan.

Hozirgi kunda “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlari jami 44 ta innovatsion loyihalari bilan quyidagi yoʻnalishlarda faoliyat yuritmoqda. Jumladan; kimyo texnologiyalari, biotexnologiyalar, farmatsevtika va tibbiyot biotexnologiyalari, oʻsimliklarni himoya qilish vositalari, qishloq hoʻjaligi, qurilish materiallari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va boshqa yoʻnalishlarda samarali ishlarni amalga oshirib kelishmoqda.

2021 yil 01 iyul holatiga koʻra, rezidentlar tomonidan 531 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan boʻlib, 172,4 mlrd soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan va mamlakatimiz ichki bozoriga sotilgan. Shu bilan birga 1,4 mln. AQSH dollari miqdoridagi mahsulotlar Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston davlatlariga eksport qilingan.

Joriy yilning I-yarim yillik natijasiga koʻra, rezidentlar tomonidan 3,1 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiyalar kiritilgan.

Bundan tashqari, Koreyaning «CelluFab Corporation» kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida mahalliy tadbirkor bilan qoʻshma korxona qurilishi uchun 250 ming AQSH dollar miqdorida investitsiya kiritgan boʻlib, hozirda qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Halqaro hamkorlik yoʻnalishida, 2021 yil 12-14 avgust kunlari Ukraina davlatining Kiyev shahrida boʻlib oʻtadigan “Sikorky Challenge 2021: Ukraina va Dunyo” innovatsion loyixalar Festivalida texnopark  vakillari ishtiroki rejalashtirilgan. Ushbu Festival davomida, “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidentlarining innovatsion mahsulotlari koʻrgazma tarzida namoyish etilishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi xodimlarining Eron Islom Respublikasining Tehron shaxriga tashrifi doirasida “Yashnobod” innovatsion texnoparki va “Pardis” texnoparki oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va Anglashuv memorandumi imzolash rejalashtirilgan.

2021 yil 19 fevraldagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning joriy yil 18-19 fevral kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida va Halq deputatlari viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida bergan topshiriqlari boʻyicha 10-son bayoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umrzoqovning 2021 yil 31 martdagi “Namangan viloyati Chust tumanini innovatsion hududga aylantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosi yuzasidan. Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 108-son buyrugʻi qabul qilindi va Yashnobod innovatsiya texnoparkining eksterritoriallik tamoyili asosida “Chust innovatsion texnoparki” filialining nizomi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2021 yil 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar va kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan 30-sonli yigʻilish bayonining 147-bandi va Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Surxondaryo viloyat xokimining 2021 yil 30 iyunida tasdiqlangan  02-01/237-sonli bayoni ijrosi ijrosini ta’minlash maqsadida Oltinsoy tumani hududidan 1,2 gektar yer maydoni “Yashnobod” innovatsiya texnoparki balansiga operativ boshqaruv huquqi asosida bepul oʻtkazilishi yuzasidan hamkor tashkilotlar va Surxondaryo viloyat xokimligi bilan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, “Yashnobod” innovatsion texnoparkining Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida Biznes inkubator faoliyatini yoʻlga qoʻyish va hududning innovatsion mavqeini oshirish maqsadida 2021 yil 24 iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 188-son buyrugʻi qabul qilinib, unga koʻra belgilangan tartibda texnoparkning “Oltinsoy yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” sifatida tashkil etildi va nizomi tasdiqlandi. Bugungi kunga kelib, “Yashnobod” innovatsion texnoparkining filiali hisoblangan “Oltinsoy yoshlar innovatsion ishlab chiqarish zonasi” maqomi belgilangan tartibda davlat roʻyhatidan oʻtkazilmoqda. “Yashnobod” innovatsion texnoparkida “Yangi ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishni qoʻllab-quvvatlash biznes-inkubatori” faoliyatini tashkil etilishi yuzasidan texnopark tarkibida “Biznes-inkubator” faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi shakllantirildi hamda faoliyatni yoʻlga qoʻyish uchun jixozlar harid qilinmoqda. 

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 08 fevraldagi №19-son bayoniga muvofiq, joriy yilda vazirlik va idoralar hududiy maxallalarga biriktirilib, joylarda “Mahallabay” ishlash tizimi keng yoʻlga qoʻyildi. Xususan, Vazirlikka biriktirilgan mahallalarda yangi kichik biznes va xizmat koʻrsatish ob’ektlarini tashkil etish maqsadida “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash yuzasidan Yakkasaroy tumanining “Konstitutsiya” va “Rakatboshi” mahallalarida 2 ta “xizmat koʻrsatish konteynerlari”ni oʻrnatish orqali jami 12 nafar ishsizlarni doimiy ish bilan ta’minlash choralari koʻrilmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2021 yil 15 aprel kuni “Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Urgut tumanini innovatsion hududga aylantirish” borasida bergan topshiriqlari hamda, Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi oʻrtasida 2021 yil 19 aprel sanasida imzolangan “Urgut tumani innovatsion hududga aylantirish boʻyicha tuzilgan chora-tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida “Yashnobod” innovatsion texnoparki rezidenti “UJAM INNOVATE” MCHJ tomonidan taqdim etilgan “SOS” (Avtomobillarni avtohalokat paytida avtomatik tarzda FVV va SSVning sall-markazlariga xabar berish), “Alkotester” (Spirtlik ichimlik iste’mol qilgan haydovchilarni avtomobil boshqarishini oldini olish), shuningdek avtomobillarda olib yurish uchun moʻljallangan “Avtonom muzlatgich” innovatsion loyihalari Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan startap tarzida moliyalashtirildi. Shu bilan birga hozirgi kunga kelib, texnopark rezidenti yuqoridagi innovatsion loyihalar boʻyicha samarali ishlarni amalga oshirib kelmoqda.

 

 

Yashnobod texnoparki rezidentlari haqida ma'lumot

"GREENCODE"Elektronika3D Printer ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish
"VADES GROUP"ElektronikaTurli maqsadlar uchun mikroprotsessor identifikatsiya modullarini ishlab chiqarish (sim kartalar, transport kartalari, ijtimoiy kartalar, xalqaro valyuta kartalari, haydovchilik guvohnomalari va boshqalar).
«Cumulativ Engineering Services»Elektronika1. Aqlli shkaflar ishlab chiqarish (Postmates)
2. Blok-modulli uskunalar ishlab chiqarish: Analitik uskunalar bloklari (BAO) Gazlarni tijorat o'lchash birliklari (UKUG) va gaz turbinali kogeneratsiya stantsiyalari.
«Global Asia Engineering»ElektronikaBirlashtirilgan xavfsizlik tizimlari
«Trans Engineering Group»Temir yo'l uchun elektronika"Mikroprotsessorlarni markazlashtirish tizimlari" "Texnologik jarayonlarni, temir yo'llarni avtomatlashtirish va telemexanika tizimlarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi" (MPC)
«Mingbaev Academy of Robotics»ElektronikaQo'l, oyoq, ekzoskelet uchun bionik protezlar ishlab chiqarish
«HIGH LIGHT TECHNOLOGY»ElektronikaEnergiyani tejaydigan LED lampalar ishlab chiqarish korxonasi
«INTERACTIVE ROBOT SOLUTIONS»Robototexnika
Har xil modifikatsiyali "ADBOT" interaktiv robotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish
«BSHARKUZ»RobototexnikaTexnologiyalarni o'zlashtirish va uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarishni bosqichma -bosqich mahalliylashtirishni tashkil etish
«TSS CЕNTER» RobototexnikaMualliflik dasturidan foydalangan holda fiskal xotirali ko'p funktsiyali nazorat -kassa mashinasini onlayn ishlab chiqarish va unga xizmat ko'rsatish.
«ALBIT»                                          Qishloq xo'jaligi   
O'simliklar uchun "Fitovac" immunostimulyatorini ishlab chiqarish
«ECOSUV»Qishloq xo'jaligiEr osti tomchilatib sug'orish tizimini ishlab chiqarish
«KCOOPSAGRO»Qishloq xo'jaligiIssiqxonalarda qovunlarni isitishsiz etishtirish tizimlarini ishlab chiqarish
«RUSTAMALI KARIMOV»Qishloq xo'jaligiGoji (Dereza) dorivor o'simliklarini etishtirish, qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish "
«PARADISE FLORA»Qishloq xo'jaligiDorivor o'simliklardan dorivor xun qo'shimchalarini ishlab chiqarish
«IRONLIT»Oziq-ovqat sanoatiMeva va sabzavotlarni muzlatish tizimi
«Сotton Wool»FarmatsevtikaKosmetika
«TUMOR ON TARGET»        FarmatsevtikaHER2 holatini aniqlash uchun o'simta kasalliklarini tashxislash usuli
«TURON SILK PHARM»Farmatsevtika                    Mahalliy patentlangan texnologiya (Geprocel, Bioplant, Hemogubka, Kollagen plastinka va boshqalar) ishlab chiqilgan holda implantlar ishlab chiqarishni tashkil etish.
«GUDVIL»FarmatsevtikaOrtodontik shaffof alignerlarni ishlab chiqarish CLEAR SMILE
«MEDPROMTEX-INVEST»FarmatsevtikaElektron tibbiy asbob -uskunalar ishlab chiqarish
«CHIRANAASIA»                       Farmatsevtika                    1. Yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish
2. Chirana brendi ostida yuqori texnologiyali tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqaradigan zamonaviy kompleksni tashkil etish.
«Reimbergen Engineering»FarmatsevtikaHar xil boshqaruv tizimlari, shu jumladan dasturiy ta'minotni boshqarish va ma'lumotlar bazasini yig'ish bilan jakuzi vannalari va dush tizimlarini ishlab chiqarish
«ARTCARE»FarmatsevtikaLiPatch-buzadigan amallar shaklida suyuq yamoqni chiqarish
«NOVAPRINT»QurilishQurilish 3D printerlarini ishlab chiqarish
«POLYCON»QurilishDerazalar uchun shaffof himoya vositalarini ishlab chiqarish
«TashkentGreenCity»QurilishTexnologiyani o'zlashtirish va "Suyuq granit" ishlab chiqarishni tashkil etish
«UzAuto Cepla»QurilishTurli sanoat tarmoqlari uchun polimer aralash materiallarni ishlab chiqarish
«POLYMER PIGMENTS»QurilishPolimer kompozit materiallar ishlab chiqarishni ishlab chiqish va tashkil etish
«BIXT BT»QurilishOltingugurtli bitum va oltingugurtli beton ishlab chiqarish
«CELUFAB ASIA ECOPACING»           Sanoat, qurilishBiologik parchalanadigan polimer va antibakterial yog'och-plastmassa kompozitlaridan umumiy maqsadli mahsulotlar ishlab chiqarish.
«NOVOL ASIA»Avtomobilsozlik,       qurilishPolyester qatronlar asosida tosh uchun avtomobil macunlari va elim ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishini o'zlashtirish
«UJAM INNOVATЕ»Avtomobil sanoatiAvtomobillar uchun innovatsion texnologiyalar 
1. Ichki bozorda analoglari bo'lmagan mahalliy havo o'lchagichlar ishlab chiqarish.
2. Ichki bozorda analoglari bo'lmagan tozalash va diagnostika uskunalari uchun xavfsizlik tizimi.
3. Yangi ishlash tamoyili asosida avtomobil muzlatgichlarini ishlab chiqarish.
«Zarbuloq Injiniring»Uy -joy va kommunal xizmatlarMaxsus tizimlar yordamida o'q otish orqali eskirgan quvurlarni (420 mm dan 4240 mm gacha) tiklash va himoya qilish.
«Maya Yolistic solution»Uy -joy kommunal 
xo'jaligi
1. Suv ta'minoti va kanalizatsiya va sun'iy yo'ldosh qochqinlarni aniqlash muammolariga innovatsion texnologik echimlar
2. Innovatsion texnologiya asosida yem ishlab chiqarish
«Maya international»Uy -joy va kommunal xizmatlarHisoblagichlar ishlab chiqarish
«ENDLESS AURORA»EkologiyaHavoni zararsizlantirish uchun maishiy texnika va maishiy buyumlar ishlab chiqarish.
iean Box-dezinfektsiyalovchi xona haroratida ishlaydi
«BB FIRDAVS LIFE»EkologiyaTexnogen zonalarning tuproq va suv havzalarida tarqalgan radionuklidlarning faolligini kamaytirish va toksik ta'sirli toksikantlarni yo'q qilish uchun samarali EKO-nanotexnologiyalarni ishlab chiqish"
«PROVEN SAFETY SYSTEMS»Termal himoyaHladon gazidan foydalangan holda o't o'chirish tizimlarini ishlab chiqarish
«ARHAT inks»PoligrafiyaBosma siyoh ishlab chiqarish
«Kompozit Nanotexnologyasi»Neft va gaz sanoati                                         
"Neft va gaz quduqlarini burg'ilashda va boshqa sohalarda foydalanish uchun mahalliy va ikkilamchi xom ashyo asosida sirt faol moddalar ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishini o'zlashtirish" (sirt faol moddalar-kompozit)
«INTERKOMPOZIT»Neft va gaz sanoati
Texnologiyani o'zlashtirish va modifikatsiyalangan kompozit elim ishlab chiqarishni tashkil etish
«PERFECT INDUSTRY BUSINESS»Kimiyo sanoatiDizel dvigatellar uchun chiqindi gazlarni tozalash tizimlarida azot oksidi chiqindilarini kamaytirish uchun sintetik yog'lar va suyuqliklar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki yonish dvigatellari uchun antifrizlar.
«PROMXIM IMPEX»Kimiyo sanoatiTozalangan karboksimetil tsellyuloza ishlab chiqarish
«TOP SMART LINE»Kimiyo sanoatiPoliuretan ishlab chiqarish
«RHODIUM POLIMER»Kimiyo sanoatiPolipropilen ishlab chiqarish