Yangilik 12.12.2021 600

Seulda Oʻzbekiston va Janubiy Koreya Tibbiyot taʼlim muassasalari oʻrtasida oʻzaro anglashuv va hamkorlik memorandumlari imzolandi

Uchrashuvlar davomida oliy taʼlim, xususan tibbiy taʼlim sohasida hamkorlikni mustahkamlash, Koreya oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilarini TTAning chet ellik oʻqituvchilari sifatida ishtirok etish, chop etilgan ilmiy jurnallarni koʻrib chiqish, Akademiya tomonidan JCI akkreditatsiyasi boʻyicha maslahat berish uchun janubiy koreyalik mutaxassislarni jalb qilish, tomonlar Oʻzbekiston va Janubiy Koreyada koronavirusga qarshi turli turdagi vaksinalarni qoʻllash samaradorligini qiyosiy oʻrganish, ayrim farmakologik dori vositalarining hayvonlarga taʼsirini eksperimental oʻrganish, shuningdek, boshqa tegishli biotibbiyot tadqiqotlari boʻyicha qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv va muzokaralar natijasida tegishli anglashuv va hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Maʼlumot oʻrnida, bugunga qadar ikki davlat oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida turli yillarda 200 dan ortiq hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnoma va memorandumlar imzolangan. Ayni paytda Oʻzbekistonning 40 ta oliy oʻquv yurti Koreya Respublikasining 45 dan ortiq oliy oʻquv yurtlari, ilmiy va taʼlim tashkilotlari bilan tegishli shartnoma va hamkorlik memorandumlari asosida aloqalarni yoʻlga qoʻygan. Oʻzbekistonda Janubiy Koreya oliy oʻquv yurtlarining 5 ta filiali mavjud. Bular Toshkent shahridagi Inha universiteti, Toshkentdagi Yoju texnologiya instituti, Toshkentdagi Pyuchon universiteti, Fargʻonadagi Oʻzbekiston-Koreya xalqaro universiteti, 2021-yil fevral oyida faoliyati yoʻlga qoʻyilgan Adju universitetining Toshkent shahridagi filiali.

 

Manba: http://edu.uz/uz/pages/axb