Yangilik 25.04.2022 359

Tarixiy ilmiy tadqiqotlarga bagʻishlangan yangi monografiya chop etildi

Monografiyada Oʻzbekiston hududida tabiiy fanlar yoʻnalishida olib borilgan tadqiqotlar ilk bora mintaqa va jahon ilm-fani kesimida, geologik izlanishlar, geografik, gidrografik tadqiqotlar (Sirdaryo, Amudaryo, Orol ekspeditsiyalari), astronomik kuzatuvlar, kimyoviy laboratoriyalar tashkil etilishi va tahlillar, flora va fauna (parazitologiya, ornitologiya, zoologiya, entomologiya), kartografiya va topografiya yoʻnalishlaridagi tadqiqotlar, birlamchi manbalar, ilmiy asarlar atroflicha hamda kompleks tarzda tadqiq etilib, yoritib berilgan.

Oʻzbekistonning XIX – XX asrlardagi tarixi boʻyicha tadqiqot olib boruvchi izlanuvchilar, oliy taʼlim muassasasalari uchun moʻljallangan. Ushbu kitobda ilk bor Oʻzbekistonda XIX – XX asrlarda tabiiy fan yoʻnalishida yaratilgan tadqiqotlar tizimli ravishda oʻrganilgan.