Yangilik 11.09.2023 122

TEXNOLOGIYALARNI TIJORATLASHTIRISH VA STARTAP LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISH BO'YICHA TRENINGLARGA START BERILDI

12-sentabr kuni  Samarqand davlat universitetida “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida mahorat darsi boshlandi. Seminar Oliy taʼlim,  fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasida o’tkazilmoqda. Ushbu tadbirda Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutining yosh olimlari va tadqiqotchilari ishtirok etmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi hududlardagi  ilmiy-texnikaviy tadqiqotlarga qiziqqan tadqiqotchi olimlar va tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash orqali texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish sohasida ko‘nikmalarni shakllantirish va mustahkamlashdan iborat.