Yangilik 13.09.2024 34

regulation.gov.uz

https://regulation.gov.uz portalida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularni qoʻllab-quvvatlashning tubdan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida”gi Farmon loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

Tabiiyki, loyiha orqali qanday islohotlar amalga oshirilishi, uning maqsadi va kutilayotgan natijalar koʻpchilikka qiziq. Shuni inobatga olgan holda jamoamiz bilan #loyihaga_izoh ruknini yoʻlga qoʻydik. 

Uning ilk sonida Farmon loyihasi bilan kiritilayotgan o'zgartirishlar, xususan, ilmiy tashkilotlarni moliyalashtirishning yangi mexanizmlari, bazaviy moliyalashtirishga o‘tkazilgan ilmiy tashkilotlarning ilmiy-tadqiqot dasturlari ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlariga ajratilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilishi borasida so'z yuritiladi.