Dunyoda to‘rtinchi sanoat inqilobining to‘lqini mamlakatlarni texnologiyalar va innovatsiyalarni o‘z chegaralari ichida va tashqarisida moslashishga, rivojlantirishga va tarqatishga majbur qilmoqda. O‘zgartiruvchi innovatsiyalar barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sish, inklyuziv jamiyat va davlatlarning umumiy farovonligiga javobdir.
Bugungi kunda O‘zbekiston, Prezidentimiz tomonidan belgilab bergan innovatsion rivojlanish yo‘lidan dadil bormoqda. So‘nggi bir necha yil davomida davlat tomonidan ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha katta ishlarni amalga oshirildi.
To‘rtinchi sanoat inqilobining yuzaga kelishi bilan jahon iqtisodiyotda texnologiyalarning rivojlanishi va innovatsiyalarni jadallashtirish bilan bog‘liq bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Innovatsion iqtisodiyotning o‘sishi va barqaror rivojlanish maqsadlarini yaxshilash tadbirkorlik darajasini oshirish uchun muhim omil bo‘ladi.
– Paxta yetishtirish shu sohadagi olimlar, mutaxassislar, qishloq xo‘jaligi xodimlaridan murakkab va og‘ir mehnatni, chuqur bilim va tajribani, yerga mehrni va eng muhimi, katta fidoyilikni talab qilishini hammamiz yaxshi bilamiz. Bugungi kunda paxtachilikda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda:
2018-yilda Prezidentimiz tomonidan davlat boshqaruv va ijrochi organlari hamda tashkilotlarning innovatsion rivojlanishdagi saʼy-harakatlarini birlashtirishga qaratilgan muhim hujjat – “2019-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi. Ushbu farmon bilan Oʻzbekiston Respublikasini 2019-2021-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.