Yangilik 27.08.2023 81

Oʻzbekiston olimasi xalqaro nominatsiya laureati sifatida eʼtirof etildi.

Toshkent davlat transport universiteti “Materialshunoslik va mashinasozlik” kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Ziyamuxamedova Umida СМО Asia xalqaro tashkiloti tomonidan  taʼlim sohasiga qoʻshgan xissasi uchun “EDUCATION EXCELLENCE AWARDS” nominatsiyasi laureati sifatida taqdirlandi.


Mazkur mukofot ilk bor ilm va taʼlim sohasida xalqaro miqyosida faoliyat yuritib kelayotgan Oʻzbekiston olimasiga taqdim etildi.
СМО Asia xalqaro tashkiloti dunyo boʻylab soha mutaxassislarini faoliyatini kuzatib boradi va laureatlar  dunyoning turli mamlakatlari vakillaridan tashkil topgan jyuri aʼzolarining xulosasiga binoan  nomzodlar 23 nominatsiya boʻyicha saralab olinadi. СМО Asia xalqaro tashkiloti laureatlarini taqdirlash marosimi pandemiyadan soʻng ilk bor 2023-yili 17-avgust kuni Singapurda boʻlib oʻtdi.