Yangilik 02.11.2023 80

“O’zbekiston milliy innovatsion tizimini modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida seminar bo’lib o’tdi.

Joriy yilning 3-noyabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, hamda Jahon bankining “Oʻzbekiston milliy innovatsion tizimini  


modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida  “Ilmiy maqolalarni yuqori sifatli jurnallarda bepul chop etish imkoniyatlari va xalqaro maʼlumotlar bazalaridan samarali foydalanish vositalari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda Ilmiy-texnik axborot markazi Ilmmetriyani rivojlantirish va ilmiy rivojlanishni prognoz qilish departamenti boshligʻi Diana Abdumuminova maʼruza qildi.  

Seminarda Vazirlik tomonidan moliyalashtirilgan loyihalar rahbarlari va ishtirokchilari qatnashdi. Maʼruza davomida Ilmiy tadqiqotlar sifatini oshirish (REP) dasturi maqsadlari va loyihalardan kutiladigan asosiy koʻrsatkichlar mavzusida muhokama boʻlib oʻtdi. Shuningdek, seminar davomida tadqiqotlarni tijoratlashtirish dasturi (RCP), korxonalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga investitsiya qilish dasturi BIRD  va MUNIS kichik loyihalari uchun grantlarni moliyalashtiruvchi dasturi boʻyicha maʼlumotlar berildi.  

 

Seminar soʻngida ishtirokchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javoblarni olishdi.